Jahon | 14:33 / 20.08.2017
12383
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR: AQSh va Janubiy Koreyaning qo‘shma mashqi olovga moy quyishdir

AQSh va Janubiy Koreyaning Freedom Guardian harbiy mashqlari mintaqadagi vaziyatni faqatgina yomonlashtirishga xizmat qiladi.

Bu haqda Shimoliy Koreyaning Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasiga kiruvchi «Nodon sinmun» gazetasi maqolasida aytiladi.

«Ulchi Freedom Guardian qo‘shma harbiy mashqlari xuddi olovga moy quyish kabi holatdir», - deyiladi matnda.

Gazetaning ta'kidlashicha, harbiy mashqlar – KXDRga nisbatan «dushmanlikning yorqin ko‘rinishi». «Nodon sinmun»ning qo‘shimcha qilishicha, hech kim «mashqlar haqiqiy janglarga aylanib ketmasligi» borasida kafolat bera olmaydi.

Shimoliy Koreya nashrining ogohlantirishicha, Vashington mintaqadagi ehtimoliy harbiy ixtilof AQShga to‘g‘ridan to‘g‘ri tegishli bo‘lmaydi, deb baholashi lozim emas.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Janubiy Koreyaning Ulchi Freedom Guardian harbiy mashqlari 21 avgust kuni boshlanadi va 31 avgustga qadar davom etadi.

Avvalroq amerikalik kongressmen KXDRga qarshi keng ko‘lamli kiberhujumni amalga oshirishga chaqirgandi.

Mavzuga oid