Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya armiyasi va «Hizbulloh» IShIDdan qator hududlarni ozod qildi
Suriya armiyasi va Livanning «Hizbulloh» tashkiloti IShID jangarilaridan Suriyaning Livan bilan chegarasidagi 87 kv km hududni ozod qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» «Hizbulloh»dagi manbaga asosan.
«Suriya armiyasi va «Hizbulloh» jangchilari «Agarda siz qaytib kelsangiz, biz ham qaytamiz» amaliyotining ilk kuni IShID egallab olgan 87 kvadrat kilometr hududni ozod qildi», - degan u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum birdaniga uch yo‘nalishdan artilleriya ko‘magida boshlangan. To‘qnashuvlar davomida o‘nlab jangarilar yo‘q qilingan. Terrorchilarning ikki guruhi «Hizbulloh» vakillariga jangsiz taslim bo‘ldi.
Avvalroq IShID jangarilari Livan va Suriya chegarasida «Hizbulloh»ga taslim bo‘layotganliklari xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:35 / 08.02.2026
Bashar Asad hokimiyat tepasidagi so‘nggi kunlarini o‘yin o‘ynab o‘tkazgan - OAV
10:04 / 31.01.2026
Suriya hokimiyati va kurdlar keng qamrovli kelishuv tuzdi
19:30 / 21.01.2026
Suriyada kurdlar muxtoriyati tugatildi
15:22 / 19.01.2026