09:50 / 25.08.2017
7237

Yevropa ligasi pley-off bosqichi javob uchrashuvlari natijalari

Foto: Twitter/@milan

Yevropa ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvida Xorvatiyaning “Xayduk” klubi o‘z maydonida Angliyaning “Everton”ini qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Mezbonlar safida golni o‘z hisobiga Yosip Radoshevich, “Everton”da esa Gilfi Tor Sigurdsson yozib qo‘ydi. “Everton” 1-uchrashuvda 2:0 hisobida yutgani sababli, musobaqaning guruh bosqichiga chiqa oldi.

Parallel ravishda o‘tgan yana bir uchrashuvda Venaning “Austriya” klubi o‘z maydonida Xorvatiyaning “Osiyek”iga 0:1 hisobida yutqazdi. Avstriyaliklar 1-uchrashuvda 1:2 hisobida yutganlari sababli, o‘zga maydonda urilgan gol qoidasiga ko‘ra guruh bosqichiga yo‘l olishdi.

Norvegiyaning “Rusenborg”i o‘z maydonida Gollandiyaning “Ayaks” klubini qabul qildi. Uchrashuv norveglar foydasiga 3:2 hisobida yakunlandi. 

“Rusenborg” uchun gollarni Niklas Bendtner va Samuel Adegbenro (dubl) kiritdilar. “Ayaks” safida Amin Yunes va Lasse Shone o‘zlarini ko‘rsata oldilar. “Rusenborg” 1-uchrashuvda 0:1 hisobida zafar quchgani sabab guruh bosqichiga chiqdi, o‘tgan yil musobaqaning finaligacha borgan “Ayaks” esa undagi ishtirokini yakunladi.

Italiyaning “Milan” klubi Makedoniyaning “Shkendiya”sini (1-uchrashuv – 6:0, 2-uchrashuv – 1:0), Fransiyaning “Marsel” klubi Sloveniyaning “Domjale”sini (1-uchrashuv – 1:1, 2-uchrashuv – 3:0), Ispaniyaning “Atletik” klubi Gretsiyaning “Panatinaikos”ini (1-uchrashuv – 3:2, 2-uchrashuv – 1:0), Portugaliyaning “Braga” klubi Islandiyaning “Xabnarfordyur”ini (1-uchrashuv – 2:1, 2-uchrashuv – 3:2) mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldilar. 

Yevropa ligasi. Pley-off bosqichi. 2-uchrashuv

Xayduk (Xorvatiya) – Everton (Angliya) - 1 : 1
Gollar: 
1:0 – Radoshevich (43), 1:1 – Sigurdsson (46)

Austriya (Avstriya) – Osiyek (Xorvatiya) - 0 : 1
Gol:
 0:1 – Boban (62)

Rusenborg (Norvegiya) – Ayaks (Niderlandiya) - 3 : 2
Gollar: 
1:0 – Bendtner (25), 1:1 – Yunes (60), 1:2 – Shone (61), 2:2 – Adegbenro (80), 3:2 – Adegbenro (89)

Shkendiya (Makedoniya) – Milan (Italiya) - 0 : 1
Gol: 
0:1 – Kutrone (13)

Marsel (Fransiya) – Domjale (Sloveniya) - 3 : 0
Gollar: 
1:0 – Jyermen (28), 2:0 – Jyermen (56), 3:0 – Toven (85)

Atletik (Ispaniya) – Panatinaikos (Gretsiya) - 1 : 0
Gol: 
1:0 – Munyain (22)

Braga (Portugaliya) – Xabnarfordyur (Islandiya) - 3 : 2
Gollar: 
0:1 – Byoydvarsson (16), 1:1 – Paulinyu (39), 1:2 – Byoydvarsson (51), 2:2 – Paulinyu (80), 3:2 – Souza (90+3)

Mavzuga oid
Top