Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tailand sobiq bosh vaziri Singapurga qochib ketdi
Foto: EPA
Tailandning sobiq bosh vaziri Yinglak Chinavat Singapurga qochib ketdi. Bu u korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan qaror e'lon qilinishiga kelmaganidan so‘ng yuz bergan, deb yozmoqda Independent nashri uning tarafdorlari bayonotiga asosan.
Yinglak Chinavat 2011 yilda bosh vazir lavozimini egallagan birinchi ayolga aylandi. U guruch garovi deb nomlangan dotatsiya dasturi bilan bog‘liq korrupsiya ishida ayblanmoqda.
U juma, 25 avgust kuni sudga kelishi kerak edi, biroq buni qilmadi. Uning himoyachisi so‘zlariga ko‘ra, Chinavat qulog‘idagi infeksiya tufayli o‘zini yomon his etgan, shu sababdan yig‘ilishni o‘tkazib yuborgan.
Avvalroq Tailandning korrupsiyada ayblangan sobiq bosh vaziriga hukm o‘qish kechiktirilgani xabar berilgandi. Sud sobiq bosh vazirni qaror o‘qilishiga kelmagani uchun hibsga olish uchun order bergan.
Mavzuga oid
13:50 / 14.01.2026
Tailandda poyezd ustiga qurilish krani quladi: o‘nlab qurbonlar bor
13:56 / 13.01.2026
Pxuketda kater kema bilan to‘qnashishi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari jarohatlandi
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
11:27 / 15.12.2025