17:39 / 29.08.2017
3813

"Harvi" dovuli tufayli 6 kishidan iborat oila halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Amerikaning Texas shtatiga yopirilgan “Harvi” dovuli oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi. Bu haqda Fox News mahalliy ma'muriyatga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, olti kishidan iborat oila halok bo‘lgan. To‘rt nafar bola, ularning katta buvi hamda katta buvasi dovul tufayli yuz bergan toshqinda omon qolishmoqchi bo‘lgan, biroq ular suv ayirg‘ichga kirib ketishgan.

Avvalroq “Harvi” dovuli yopirilgan Texasning janubi-sharqida xavfli kimyoviy modda sizib chiqishi qayd etilgani xabar berilgandi.

 

Top