13:44 / 01.09.2017
72159

Kipriklari kamon, sochlari sunbul yoki tabiiy soch va kipriklar jilosi

Chiroyli soch va kipriklar o‘tmishdan ayollar go‘zalliklaridan biri hisoblanadi. Go‘zallik uchun sifatli kosmetika va zamonaviy ko‘ylaklarni topa bilish va tanlash mahorat, ammo, sog‘lom soch va kipriklarga ega bo‘lish ikki karra mahorat. Albatta, sog‘lom soch va kipriklar ularga mehr bilan ko‘rsatilgan e'tibor va parvarish natijasidir.

Biz ayollarda soch va kipriklar parvarishi uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mashhur brendlardan biri Minox TM bosh mutaxassisi bilan bugungi kunda kamyoblashib borayotgan tabiiy soch va kipriklar va ularni sog‘lom saqlash usullari yuzasidan suhbatlashdik. Suhbat natijalarini sizga taqdim etishdan mamnunmiz.

- Ayollar tez-tez, ayniqsa, mavsum oxirida soch rangining xiralashgani, sinuvchanligi va soch va kipriklarining kuchli to‘kilishi haqida shikoyat qilishadi. Bu holat har doim ham tashvishlanishga arziydigan alomatmi?

Foto: Minox.uz

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, har uchinchi ayol hayotining u yoki bu davrida soch va kipriklar to‘kilishi muammosidan aziyat chekadi. Ayollarda soch to‘kilishining eng asosiy sabablari mavsum yoki turli diyetalar hisoblansada, soch va kipriklar to‘kilishining omillarini aniqlashtirib olish muammoning yarim yechimi bo‘lib xizmat qiladi. Jiddiyroq omillar sabab bo‘lgan taqdirda, albatta, organizmga qo‘shimcha yordam kerak bo‘ladi. Afsuski, qizlarda soch to‘kilishi, qoidaga ko‘ra, organizmda jiddiy yetishmovchilik alomati hisoblanadi. Sochlar sog‘lig‘imizning o‘ziga xos ko‘rsatkichi hisoblanadi va boshqa alomatlar paydo bo‘lishidan avval tanadagi kasalliklar haqida xabar beradi.

- Soch va kipriklarning to‘kilishi nimaga bog‘liq?

Muammoga aniq tashxis qo‘yish uchun, mutaxassis-trixologga murojaat etish tavsiya etiladi, chunki, sabablar turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin soch va kipriklar ko‘rinishiga ta'sir etayotgan asosiy omillarni aniqlashning imkoni bor. Misol uchun, buning sababi quyidagilardan biri yoki bir nechtasi bo‘lishi mumkin:

• Homiladorlik, tug‘ruqdan keyingi va klimaks davrida tanadagi gormonal o‘zgarishlar;

• Dori-darmon vositalarini qabul qilish (masalan, antibiotiklar) va butun tanani kuchsizlantirib qo‘yuvchi tibbiy amaliyotlarni o‘tkazish (masalan, kimyoterapiya);

• Stressli vaziyatlar, depressiv holatlar, surunkali charchoq, gormonal muvozanatning buzilishi va turli kasalliklar sabab organizmda nerv va endokrin tizimining buzilishi;

• Harorat tartibining o‘zgarishi (asosan sochlarni fen, soch dazmoli kabi vositalar orqali keragidan ortiq sovutib yoki isitib yuborish);

• Avitaminoz ta'sirida ayollarda mavsumiy soch va kipriklarning to‘kilishi;

• Tartibsiz ovqatlanish va diyetalar (u yoki bu mikroelementlarning yetishmovchiligi natijasida organizmning to‘liq kuchsizlanishi);

Kunlik stress odatga aylangan bugungi kunda, soch va kipriklar holatiga nafaqat genetik omillar, balki, tashqi ta'sir asosiy sabab bo‘lmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Uzoq vaqt davomida sochlarga zararli va davomiy kimyoviy ta'sirlar o‘tkazish natijasida sochlarga zarar yetkazish ehtimoli katta.

- Soch va kipriklar to‘kilishini uy sharoitida davolash haqida gapirib o‘tsangiz?

Aytib o‘tganimdek, ba'zida soch to‘kilishi muammosini hammaga tanish bo‘lgan usullar bilan hal etish mumkin. Ayollarda soch va kipriklarning to‘kilishi muammolarini hal etish uchun tashqi “yordam” ko‘rsatishning o‘zi yetarli. Muammoni hal etishda yordam beradigan juda ko‘p xalqona usullar va zamonaviy vositalar bor.

- Mutaxassis sifatida siz soch to‘kilishiga qanday zamonaviy vositalar tavsiya etasiz.

Foto: Minox.uz

Soch to‘kilishiga qarshi eng samarali vositalardan biri, tarkibida 2% minoksidinga ega bo‘lgan Minox 2 tabiiy spreylari hisoblanadi. Ushbu vosita maxsus ayollar uchun ishlab chiqilgan. Spreydan doimiy foydalanish intensiv soch to‘kilishini to‘xtatadi va soch folikullari o‘sishini normallashtiradi. Minoksidin soch tolalarini qalinlashtiradi va sochlarning faol o‘sish davomiyligini oshiradi. Siz vosita samaradorligini 3-4 hafta davomida aniq-ravshan sezasiz.

Minox savdo markasidan kipriklarni uy sharoitida o‘stirish va qalinlashtirish uchun samarali va zamonaviy vosita mavjudmi?

Foto: Minox.uz

Kipriklarni o‘stirish va qalinlashtirish uchun Minox ML vositasi taklif etiladi. Endi siz kipriklaringizni parvarishlash uchun ko‘p vaqt va kuch sarflashingiz shart emas. Bu vosita uy sharoitida foydalanilganda kipriklar uzunligini 40% ga va qalinligini 2 barobarga oshirish mumkin. Vosita kipriklar tabiiyligini saqlagan holda chiroyli va qalin ko‘rinishga keltiradi. Vositadan foydalanganingiz sari kipriklaringiz sezilarli darajada uzun va qalin bo‘la boradi. Balzam tarkibida koral ekstrakti mavjud bo‘lib, u kipriklar o‘sishiga va kiprik ildizini mustahkamlashga xizmat qiladi. Vosita to‘liq gipoallergik va surtishga qulay. Vosita natijasini siz 2 hafta davomida sezasiz. Kipriklar qalinlashadi va 4 haftadan so‘ng siz ularning yanada qalinlashgani va o‘sganiga guvoh bo‘lasiz.

Minox mahsulotlarini qanday va qayerdan topishimiz mumkin bo‘ladi?

Albatta, yuz marta eshitgandan, bir marta sinab ko‘rgan ma'qul. Minox mahsulotlari bilan qiziqqanlar, quyidagi bog‘lanish ma'lumotlari bo‘yicha mahsulot va uni to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha yanada batafsilroq ma'lumot olishlari mumkin:

Telefonlar:

(71) 200 08 01

(95) 142 08 01

(95) 143 08 01

Veb-sahifa: https://minox.uz/

Elektron pochta: info@minox.uz

Facebook: facebook.com/minoxuz/

Odnoklassniki: group/53536165593160

Instagram: instagram.com/minox.uz/

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top