Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Oltinko‘lda Mustaqillik bayrami o‘zgacha shodiyonalar bilan o‘tkazilmoqda
Foto: KUN.UZ
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida Mustaqillik bayrami o‘zgacha shodiyonalar bilan bo‘lib o‘tmoqda.
Qutlug‘ ayyom arafasida tuman markazidagi “Oltin sohil” istirohat bog‘i qayta ta'mirlanib, yangi zamonaviy attraksionlar o‘rnatildi. Oqtepa mahallasida esa ko‘rkam va barcha sharoitlarga ega 36-umumiy maktab binosi foydalanishga topshirildi. Hududlarda ko‘plab sanoat obektlari, sport inshootlari ishga tushdi. Tuman markazida olib borilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari natijasida ko‘chalar o‘zgacha qiyofa kasb etgan.
Asosiy bayram tantanalari ham o‘zgacha ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Bayramga jamoatchilik vakillari, faol yoshlar, nuroniylar tashrif buyurdilar. Tuman hokimi Baxtimurod Karimov yig‘ilganlarni mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. Shundan so‘ng tuman badiiy jamoalari hamda havaskor san'atkorlar tomonidan tayyorlangan teatlashtirilgan konsert dasturi namoyish qilindi. Sahna ko‘rinishlari, qo‘shiqlarda Vatanga bo‘lgan muhabbat, yurtni ulug‘lash tuyg‘ulari namoyon bo‘ldi. Xalq qo‘shiqlari, lapar va askiya bazmi yig‘ilganlarda zo‘r kayfiyat uyg‘otdi.
Tumanning barcha mahalla va guzarlarida bayram shodiyonlari davom etmoqda.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
00:58 / 24.10.2025
Andijonda haydovchi uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi
07:33 / 22.08.2025
Andijonning ikki tumani «Tashabbusli budjet» 2-mavsumidan chetlatildi
18:23 / 21.08.2025
Mustaqillik bayramida qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘lmaydi
16:26 / 13.02.2025