15:30 / 03.09.2017
26750

Video: Prezident «diniy oqimga a'zolar ro‘yxati»dan chiqarilgan o‘zbekistonliklar haqida

O‘zbekistonda diniy-ekstremistik oqimlar a'zosi sifatida ro‘yxatda turgan 17 mingdan ortiq kishining 16 mingi «ro‘yxat»dan chiqarilgan. «O‘zbekiston 24» telekanali xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayramidagi nutqida shu haqda ma'lum qilgan.

«17 mingdan ziyod diniy oqimga kirganlar ro‘yxatida turuvchilardan 16 mingini yana bir marta ular bilan suhbatlashib, ularning hayotlarini bilib, bu ro‘yxatdan chiqardik. Biroq uni chiqarib, tashlab qo‘yish - noto‘g‘ri. Endi ularni tarbiya qilishimiz, jamiyatimizga kiritishimiz kerak. 

Shu 16 mingdan 9,5 ming nafariga ish berdik, qolgani-chi? Qolgani qaysi hovli yo qaysi qo‘shniga boradi?! Qayerda o‘qiydi? Qayerda ishlaydi? Kim bilan muloqot qiladi? Uning hozirgi munosabati o‘zgardimi yoki yo‘qmi? Ro‘yxatdan chiqib, qanday bo‘ldi u? Kim unga javob beradi? Hozir hammasini orqasidan 10 nafardan odam yozib qo‘yildi, shu odamlar u bilan 2-3 yil shug‘ullanishi kerak. Yana shu balo ko‘chasiga kirmasligiga kim kafolat beradi? 

Ular bilan har kuni shug‘ullanish kerak. Mana harbiy xizmatdagi yoshlarimiz bilan uchrashsin, vatanparvarlikni o‘rgataylik unga. Bu savollar bo‘sh. Mana shunday bo‘shliq bo‘lmasligi uchun sizlar menga taklif berishingiz kerak. Bu juda nozik masala», degan davlat rahbari. 

Top