21:48 / 04.09.2017
5063

Ijtimoiy tarmoqlarda “Hayotni saqlab qolamiz” aksiyasi o‘tkazildi

Foto: Hayotni saqlab qolamiz

Internetning ijtimoiy tarmoqlarida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan “Hayotni saqlab qolamiz” aksiyasi o‘tkazildi.

Aktsiya doirasida DYHXB ko‘magi bilan taniqli san'atkorlar ishtirokida ijtimoiy videorolik suratga olindi hamda tarqatildi. Videorolikda respublikamiz yo‘llarida sodir bo‘layotgan YTHlar mavzusi ko‘tarilgan, shuningdek, yo‘llarda xavfsizlikni ta'minlash va yo‘l harakati ishtirokchilarining hayotlarini saqlab qolish uchun zarur choralar ko‘rish masalasi ko‘ndalang qo‘yilgan. Rolik namoyish etilgandan so‘ng bir necha kun avval u Facebook’da 22 mingdan ko‘p marta, san'atkorlarning Instagram’dagi sahifalarida 50 mingdan ko‘p marta ko‘rildi, Telegram- kanallarida esa ko‘rilganlar soni 183 mingdan oshdi.

Ushbu raqamlar shuni ko‘rsatadi-ki, yo‘l harakati xavfsizligi mavzusi jamoatchilik orasida dolzarb bo‘lib qolmoqda va zarur choralarni ko‘rishni talab etadi. “Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bizning davlatimiz va jamoatchilik oldida turgan muhim muammodir. Haydovchi va yo‘lovchilarning intizomsizligi yo‘llarimizda xavfsizlik darajasiga salbiy ta'sir qiluvchi asosiy faktorlardan biri, deyish mumkin. Men mamlakatda yo‘l xavfsizligi holatini ijobiy tomonga o‘zgartiruvchi choralar ko‘rish vaqti keldi, deb o‘ylayman”, - deya izohladi ijtimoiy aksiyada ishtirok etgan xonanda Rashid Xoliqov.

“Bizda kunora sodir bo‘ladigan YTHlardan keyingi raqamlar xavotirga soladi.

Foto: Hayotni saqlab qolamiz

Biz hammamiz yo‘llarda o‘zimizni xavfsiz his qilishimiz uchun bu muammoni hal qilish juda zarur. Axir bu — bizning hayotimiz, yaqinlarimiz hayoti, barcha-barchaning hayoti”, - deydi xonanda Munisa Rizayeva.

Top