Jamiyat | 08:42 / 05.09.2017
6713
1 daqiqa o‘qiladi

Florida va Puerto-Rikoda “Irma” dovuli tufayli favqulodda holat tartibi kiritildi

Foto: SS0

AQShning Florida shtati gubernatori Rik Skott shtatda favqulodda holat tartibini kiritdi. Bu shtatga yaqinlashayotgan “Irma” dovuli bilan bog‘langan. Favqulodda holat tartibi shuningdek AQSh hududi hisoblanuvchi Puerto-Rikoda ham kiritildi.

“Irma” dovuli butun Florida shtati uchun jiddiy xavf soladi. Shu sababli aholi, shtatning muhim infratuzilma obektlari va umumiy farovonligini himoya qilish maqsadida o‘z vaqtida ehtiyotkorlik choralari ko‘rilishi lozim”, deb aytilgan bayonotda.

Atlantika okenida vujudga kelgan “Irma” hozirda 4-darajagacha kuchaygan. Uning markazida shamol tezligi soniyasiga 58 metrni tashkil qilmoqda. Hozirda dovul g‘arbga tomon yo‘nalmoqda. Ob-havo mutaxassislarining fikricha, dovul Puerto-Riko, Dominikana Respublikasi, Gaiti, Kuba, AQShning Atlantika okeani sohilbo‘yiga yopiriladi.

Mavzuga oid