08:04 / 05.09.2017
5328

Navoiyda "Tafakkur maydonchasi” ochildi

Navoiy shahar hokimligi tashabbusi bilan Navoiy shahar Uy-joy va yotoqxonalardan foydalanish boshqarmasi tomonidan shahardagi barcha yotoqxonalarda bayram dasturxoni tashkil etildi.

2016 yil noyabrda Navoiy viloyatida o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvida prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning "Aziz Navoiy xalqi! Jamiyatmizda kitobxonlik mutolaasi va yoshlarning kitobxonlik madaniyatini kuchaytirish uchun ta'sirchan loyihalarni izlab topish, tashabbuslar ko‘rsatishda aynan Navoiy viloyati ibrat bo‘lishi kerak”, degan gaplari natijasi o‘laroq hudud aholisi uchun "Tafakkur maydonchasi” targ‘ibot loyihasining ochilishi bo‘ldi.

Ushbu maydonchada besh kvadrat metr kenglikdagi shaxmat maydonchasi hamda O‘zbekistonda ilk bor bo‘yi 3 metrli oppoq kitoblar haykali monumenti o‘rnatilgan bo‘lib, bu maskan bolalarni kitobxonlikka yanada ko‘proq jalb qilishi tayin.

 

Mavzuga oid
Top