15:07 / 05.09.2017
4951

O‘smir Podmoskovedagi maktablardan birida otishma sodir etdi

Rossiyaning Podmoskove hududidagi Ivanteyevka aholi punktidagi maktab o‘quvchisi oitshma sodir etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Jabrlanganlar bor, politsiya o‘smirni qo‘lga olgan. 

«Otishmani uyushtirgan o‘smir qo‘lga olingan. Hodisada jabrlanganlar bor», — degan agentlik manbasi. 

O‘qituvchiga qurol bilan hujum qilib, otishma sodir etgan o‘smirdan qo‘rqqan o‘quvchilar sinfxona derazalaridan pastga sakrashgan, deb xabar qilmoqda Interfaks agentligi. 

Buning oqibatida ularning 3 nafari jiddiy jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Top