Iqtisodiyot | 15:03 / 05.09.2017
6122
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar aylanmasi – yarim yilda 170 mln dollar

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi doirasida Bishkekda qirg‘iz-o‘zbek biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekistondan Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va 20dan ortiq kompaniya vakillari kelgan.

Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasi prezidenti Marat Sharshekeyevning o‘z chiqishida ta'kidlashicha, 2017 yilning birinchi yarim yilligida ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi taxminan 170 mln dollarni tashkil etdi, bu 2016 yilning 1-yarim yilligi bilan taqqoslaganda ikki barobarga ko‘p.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromovning umid qilishicha, 2017 yil yakuni bo‘yicha ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 500 mln dollarga yetadi.

Biznes-forumda Qirg‘iziston sarmoyaviy imkoniyatlari, O‘zbekiston investitsiyaviy va erkin iqtisodiy zonalari salohiyati taqdimoti o‘tkaziladi, shuningdek, ikki davlat kompaniyalari o‘rtasida kooperatsion birja bo‘lib o‘tadi.

Forumda ta'kidlashlaricha, O‘zbekistondan qurilish, oziq-ovqat, qayta ishlash, sanoat va kosmetik sohadagi kompaniyalar vakillari kelgan.

Mavzuga oid