15:20 / 06.09.2017
7547

Mirzo Ulug‘bek tumanida talonchilik qilgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi

Mirzo Ulug‘bek tumanida Mirzo Ulug‘bek tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan birgalikda talonchilik jinoyatini sodir etgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida 5 sentabr kuni soat 18.30 da, Yalang‘och mavzesi 21 uyi oldidan o‘tuvchi piyodalar yo‘lagida, 1990 yilda tug‘ilgan, muqaddam Shayxontoxur tumani sudi tomonidan 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi va 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi bilan sudlangan, Shayxontoxur tumani Kamolon ko‘chasida  yashovchi O.A. shu yerdan o‘tib ketayotgan, 1985 yilda tug‘ilgan, Buz-2 ko‘chasi 24-uyda yashovchi K.S.ga nisbatan kuch ishlatib, bo‘ynidagi 2.300.000 so‘mlik sariq metalldan yasalgan tilla taqinchog‘ini tortib olib, voqea joyidan yashirinayotgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro O.A.ga nisbatan Mirzo Ulug‘bek tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Top