22:50 / 10.09.2017
15818

Olimlar Antarktida muzlari ostida hayot mavj urayotganini taxmin qilishmoqda

Foto:RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy

Keridven Freyzer boshchiligidagi bir guruh olimlar sayyoramizning eng janubiy orollaridan biri – Ross oroliga kelishdi. Bu yerda harakatdagi Erebus vulqoni bor. Olimlar u yerda vulqon bug‘i ta'sirida shakllangan, bir-biri bilan bog‘langan muz osti g‘or tizimlarini o‘rganishdi.

Ular turli g‘orlardan namunalar olib, ularda mox, suvo‘tlari, dumaloq qurtlar va bo‘g‘imoyoqlilar izlarini aniqlashdi. Ba'zi DNK namunalari yangi turdagi jonzotlar va o‘simliklarga tegishli bo‘lishi ham mumkin. Izlar ham sirtda, ham muz osti hududlarda aniqlangan.

Freyzerning aytishicha, tadqiqotlar natijalari Antarktida muzlari ostida nimalar sodir bo‘layotganini ko‘rish imkonini beradi. Uning aytishicha, geotermal g‘orlarda hayot uchun juda yaxshi sharoitlar mavjud.

“Bu g‘orlarda haqiqatda issiq bo‘lishi, ulardan ba'zilarida harorat 25 gradusga yetishi mumkin. Siz u yerda futbolkada yurishingiz mumkin va sizga shinam bo‘ladi”, deb aytgan olima.

Freyzerning hamkasbi Lori Konnelning aytishicha, agar olimlar organizmlarning nafaqat izlarini, balki o‘zlarini ham aniqlay olsalar, bu “hayajonlantiruvchi yangi olamga” eshikni ochadi.

“Biz Antarktida vulqonlari atrofida qancha g‘or tizimlari mujassamlashganini yoki bu muz osti muhitlari qanchalik bir-biri bilan bog‘langanini bilmaymiz. Ularni aniqlash murakkab, ularga yetib borish, o‘rganish qiyin”, deb aytdi olimlardan biri Charlz Li.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Antarktida hududida kamida 138 ta muz osti vulqoni mavjud.

Mavzuga oid
Top