12:25 / 11.09.2017
7929

120 million so‘mlik qoramollarning egasini chuv tushirgan firibgar qo‘lga olindi

Toshkent tumanida joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan I.D. aldash yo‘li bilan, Surxondaryo viloyatida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan S.L.ning ishonchini suiiste'mol qilib, Toshkent tumaniga sotish uchun olib kelgan 24 bosh qora mollarini «10 kun ichida sotib beraman» – deb aldab, undan umumiy narxi 120.000.000 so‘m bo‘lgan 24 bosh qora mollarini olib, shu kunga qadar pulini qaytarib bermagan. 

Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi saytida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid
Top