13:51 / 11.09.2017
10926

BMT Myanma hukumatini shafqatsiz harbiy operatsiyani to‘xtatishga chaqirdi

Foto: AFP

Myanmaning Rakxayn shtatidagi rohingyalarga nisbatan zo‘ravonlik etnik tozalash ta'rifiga to‘g‘ri keladi. BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad Al-Husayn dushanba kuni Jyenevada BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashining 39-sessiyasi ochilishida shunday bayonot bilan chiqdi. TASS agentligi shu haqida ma'lum qildi. 

"Myanma inson huquqlari sohasidagi tergovchilarni mamlakatga qo‘yishdan bosh tortar ekan, hozirgi vaziyatni to‘liq baholab bo‘lmaydi, biroq bu vaziyat kitoblarda qayd etilgan etnik tozalash tushunchasiga to‘g‘ri keladi", - dedi u. BMT oliy komissari o‘tgan yili "rohingyalarga keng ko‘lamli hujum uyushtirish, sud tomonidan belgilab qo‘yilsa, insoniyatga qarshi jinoyat hisoblanishi mumkin" degan fikrni bildirganini yodga soldi. 

Al-Husayn Myanma hukumatini Rakxayn shtatidagi vaziyatni go‘yoki rohingyalarning "o‘z uylariga o‘zlari o‘t qo‘yayotgandek" ko‘rsatishga urinmaslikka chaqirdi. Uning ta'kidlashicha, hukumat shafqatsiz harbiy operatsiyani to‘xtatishi, aybdorlarni jazolashi va BMT Oliy komissariyatining inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi vakillarining mamlakatga kirishiga yo‘l qo‘yishi kerak. 

BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi 11 sentabr kuni ochilgan 36-sessiyada Ukraina, Suriya, Yaman, Myanma, Burundi, Kongo Demokratik Respublikasi va yana o‘ttiztacha mamlakatdagi vaziyatni ko‘rib chiqadi. Shuningdek migrantlar, bolalar, nogironlar, tub xalqlar huquqlari, gender tenglikni ta'minlash kabi inson huquqlariga doir dolzarb masalalarga ham alohida e'tibor qaratiladi.

Top