16:17 / 11.09.2017
5919

Nukus shahrida zamonaviy istirohat bog‘i ishga tushdi

Foto: Harakatlar strategiyasi

O‘zbekiston mustaqilligining 26 yillik bayrami arafasida Nukus shahrida Amir Temur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida aholi madaniyatini yanada yuksaltirish, ularning maroqli hordiq chiqarishiga ko‘maklashish, hududlarimizni yanada obod va farovon qilish maqsadida 100 ta madaniyat va istirohat bog‘ini ta'mirlash hamda jihozlash nazarda tutilgan edi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.Sariyev va boshqalar xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish, madaniyat va istirohat bog‘lari faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirish, aholining mazmunli hordiq chiqarishini ta'minlash borasida izchil ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidlashdi. Bunday ezgu ishlar yangidan barpo etilayotgan va mavjudlari ta'mirlanib qayta tiklanayotgan madaniyat hamda istirohat bog‘larining yanada ko‘rkam va fayzli bo‘lishiga xizmat qilmoqda. 

10 gektar maydonni egallagan mazkur madaniyat va istirohat bog‘i ham keng ko‘lamli qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari tufayli butunlay yangicha qiyofa kasb etdi. Bu yerga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kredit mablag‘lari hisobidan xorijdan zamonaviy attraksionlar keltirib o‘rnatildi. 

"Bog‘imizda aholining hordiq chiqarishi uchun 20 ming kvadrat metr maydonga yashil chim yotqizib, suv purkagichlar o‘rnatdik, – deydi “Davlatnazar oromgohi” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari H.Sultonov. – Xiyobonlarga turfa gullar ekilib, o‘rindiqlar qo‘yildi. Aholi, ayniqsa, bog‘ o‘rtasida favvora barpo etilganidan mamnun. Kelgusida bog‘ chekkasida sport maydonchalari barpo etish rejalashtirilgan". 

Yurtimizda Mustaqillik bayrami shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Shumanay va Qorao‘zak tumanlarida ham ana shunday madaniyat va istirohat bog‘lari foydalanishga topshirildi. 

 

Mavzuga oid
Top