17:25 / 13.09.2017
13935

Xonobodda avtomashina yonib ketdi

Foto: mvd.uz

2017 yilning 11 sentabr kuni soat 17:42da Xonobod shahridagi yong‘in xavfsizligi qismiga “Anhor” mahalla fuqarolar yig‘inining Do‘stlik ko‘chasida avtomashina yonayotgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, yong‘in o‘chirish bo‘linmasi soat 17:44da voqea joyiga yetib kelgan va soat 17:50da yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida, 1984 yilda ishlab chiqarilgan “Moskvich-2140” rusumli avtomashinaning motor va salon qismi zararlangan. Yong‘inning taxminiy sababi: avtomashinaning motor qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi. Yong‘inda kuyish tan jarohatini olganlar yo‘q.

Foto: mvd.uz

“Bunday ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida, haydovchilarga avtotransport vositalarini o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazib turishlarini tavsiya qilamiz”, - deyiladi IIV xabarida.     

Foto: mvd.uz

 

Top