«O‘zpaxtasanoat» rahbari tuman hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Foto: Kun.uz
«O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Yashin Sohibovich Xidirov lavozimdan olinib, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumaniga hokim o‘rinbosari etib tayinlandi. U hokimning ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
U shuningdek, «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimini tark etgan.
Ayni vaqtda Xidirov hokimga o‘rinbosar bo‘lgani haqidagi ma'lumot Sherobod tumani hokimligi tomonidan tasdiqlanmadi. Bu noaniqlik Yashin Xidirov avvalgi ishidan bo‘shab, qisqa muddatlik ta'tilga chiqqani va yangi lavozimiga hali kirishmagani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Yashin Xidirov 1970 yilda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. 1992 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1995 yili Turkiya Ulug‘-tog‘ universitetini tamomlagan.
U turli yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Iqtisodiy tahlil departamenti direktori, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisob-kitob jamg‘armasi direktori va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2015 yildan buyon «O‘zpaxtasanoat» AJ rahbari edi.
Hozircha uning o‘rniga kim tayinlangani haqida ma'lumot yo‘q.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Britaniya bozoriga eksportni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Jahon | 11:51
-
Bill Geyts fondi 2045 yilgacha 200 mlrd dollarni xayriya qiladi
Jahon | 11:39
-
«Yuksalish» harakati ko‘p qavatli uylarni boshqarishda ko‘plab kamchiliklarni aniqladi
O‘zbekiston | 11:11
-
Shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha yagona malaka talablari ishlab chiqiladi
O‘zbekiston | 11:10
Mavzuga oid

16:18 / 28.01.2024
Surxondaryoda ikki kishiga bo‘rilar hujum qilgani haqidagi xabarlar rad etildi

11:37 / 24.01.2024
Iphone telefonini sotaman deb fuqaroning 17 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

11:12 / 02.11.2023
Sherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

10:03 / 26.01.2023