«Özpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati boş direktori Yaşin Sohiboviç Xidirov lavozimdan olinib, Surxondaryo viloyatining Şerobod tumaniga hokim örinbosari etib tayinlandi. U hokimning ijtimoiy-iqtisodiy işlar böyiça örinbosari bölgan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

U şuningdek, «Özpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi boşqaruvi raisi örinbosari lavozimini tark etgan.

Ayni vaqtda Xidirov hokimga örinbosar bölgani haqidagi ma'lumot Şerobod tumani hokimligi tomonidan tasdiqlanmadi. Bu noaniqlik Yaşin Xidirov avvalgi işidan böşab, qisqa muddatlik ta'tilga çiqqani va yangi lavozimiga hali kirişmagani bilan boğliq bölişi mumkin.

Yaşin Xidirov 1970 yilda Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida tuğilgan. 1992 yili Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1995 yili Turkiya Uluğ-toğ universitetini tamomlagan.

U turli yillarda Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining Iqtisodiy tahlil departamenti direktori, Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boşqaruvi raisining örinbosari, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat ehtiyojlari uçun xarid qilinadigan qişloq xöjaligi mahsulotlari hisob-kitob jamğarmasi direktori va Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirining qişloqda iqtisodiy islohotlar masalalari böyiça örinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2015 yildan buyon «Özpaxtasanoat» AJ rahbari edi.

Hozirça uning örniga kim tayinlangani haqida ma'lumot yöq.