19:23 / 16.09.2017
5506

12 mln. so‘mlik mol-mulkni o‘margan shaxs ushlandi

2017 yilning 6 sentabrdan 7 sentabr kuniga o‘tar kechasi, noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Sergeli tumani hududida joylashgan xususiy korxonaga kirish eshigi qulfini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan fuqaro S.A.S.ga tegishli bo‘lgan jami 12.620.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar bermoqda.
 
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni N.K.Yu. sodir etganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda. 

Top