22:32 / 16.09.2017
11185

Oliy liga. «Lokomotiv» «Nasaf»ga yutqazdi. «Paxtakor» g‘alaba qozondi

Foto: pakhtakor.uz

O‘zbekiston chempionatining 21-turidan o‘rin olgan yana beshta uchrashuv bugun bo‘lib o‘tdi va unda bir qator qiziqarli uchrashuvlar kuzatildi.

Qarshida «Nasaf» peshqadam «Lokomotiv»ni Dragan Cheranning dubli evaziga mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, «Paxtakor» o‘z uyida «Sho‘rtan»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. «Lokomotiv»ning ochko yo‘qotishidan «Buxoro» foydalana olmadi. Jamoa o‘z uyida «Dinamo» bilan durang o‘ynab, muhim ikki ochkoni boy berdi.

Ushbu o‘yinlardan keyin «Lokomotiv» 20 uchrashuvda 45 ochko to‘plab, hamon yetakchilik qilmoqda. «Buxoro» 21 uchrashuvda 37 ochko to‘plagan va jadvalning 2-pog‘onasini band etgan. «Nasaf» va «Paxtakor» esa 20 o‘yinda bir xil 35 ochkodan to‘plagan holda 3-4 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

O‘zbekiston chempionati 21-tur

«Nasaf» – «Lokomotiv» 2:0 (1:0)
Gollar: Dragan Cheran (10, penalti, 90+4). 
«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Akmal Shorahmedov, Maqsud Karimov, Azizjon G‘aniyev, Odiljon Hamrobekov, Bahrom Abdurahimov (Jasur Hasanov, 80), Islom Kenjaboyev (Bobir Abduholiqov, 89), Igor Golban, Farruh Sayfiyev, Dragan Cheran, Umarbek Eshmurodov.
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev, Sardor Mirzayev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Muhammad Kone, Sanjar Shoahmedov (Sadriddin Abdullayev, 60, Timur Kapadze, 79) Jaloliddin Masharipov (Murodbek Bobojonov, 71).

«Paxtakor» – «Sho‘rtan» 3:0 (2:0)
Gollar: Azim Ahmedov (10), Vladimir Kozak (25), Igor Sergeyev (68). 
«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, Marko Simich, Sherzod A'zamov, Davron Hoshimov (Xojiakbar Alijonov, 81), Azim Ahmedov, Rostin Griffits (Akbar Ismatullayev, 69), Suhrob Nurullayev, Gidi Kanyuk, Tiago Bezerra (Doston Ibrohimov, 76), Igor Sergeyev
«Sho‘rtan»: Alibek Turobov, Jamol Otaqulov, Hasan Ergashev, Olimjon Karimov, Igor Taran, Laziz Ubaydullayev, Obid Jo‘raboyev, Eldor Boymatov (Jasur Xolto‘rayev, 46), Sunatilla Mamadaliyev, Otabek Narzullayev (Ma'rufxon Murodov, 64), Maradona Safarov (Ravshan Xursanov, 68).

«Navbahor» – «Metallurg» 2:1 (0:0)
Gollar: Azizbek Turg‘unboyev (47, 66) — Zohid Abdullayev (75). 

«Buxoro» – «Dinamo» 0:0

 «So‘g‘diyona» – «Qizilqum» 1:1 (0:0)
Gollar: Sanjar Rashidov (54) — Akrom Bahriddinov (73). 
Chetlatish: Fayzullo Qambarov (Qizilqum, 27)

Top