Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaronda YTH oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
Ohangaron tumani hududida to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, Guliston – Angren avtomobil yo‘lining 159 kilometrida Nexia avtomashinasi yuk mashinasi bilan to‘qnashgan, oqibatda yengil avtomashina haydovchisi va uch nafar yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.
Voqea joyida favqulodda xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishladi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida Toshkent viloyati hududida 900 dan ziyod yo‘l transport hodisalari sodir etilib, ularning natijasida yuzlab insonlar turli og‘irlik darajasidagi tan jarohatlari olishgan, o‘nlab insonlar halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:05 / 07.01.2026
Ohangaron va Qibrayda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga doir holatlar aniqlandi
12:20 / 25.12.2025
Manzil koloniyadan qochib, 3-sinf qizni zo‘rlagan pedofil ham 18 yilga qamaldi
16:45 / 21.11.2025
Ohangaronda bog‘cha mudirasi MMTB rahbari bilan nega janjallashdi?
18:16 / 04.11.2025