15:10 / 18.09.2017
37564

O‘zbekiston rohingya qochqinlariga insonparvarlik yordamini topshirdi (foto)

Foto: “Jahon” AA

18 sentabr kuni O‘zbekiston Myanmadan bo‘lgan rohingya qochqinlariga tarqatish uchun Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatiga (BQYaOJ) insonparvarlik yukini topshirdi. Bu haqda “Jahon” AA xabar berdi.

BQYaOJ ma'lumotlariga ko‘ra, bu Myanmaning zo‘ravonlik holatiga duch kelgan musulmon ozchiligini tashkil etuvchilarning birinchi navbatdagi ehtiyojlarini qondirish uchun xorijiy mamlakatlardan kelgan insonparvarlik yordamining eng yirik partiyalaridan biriga aylandi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Bangladeshga kelgan qochqinlar soni 400 mingdan oshdi.

Foto: “Jahon” AA 
Foto: “Jahon” AA 
Foto: “Jahon” AA 

Insonparvarlik yukidan 14 turdan ziyod oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar, jumladan, guruch, shakar, yeryong‘oq, sut kukuni, pechene, chivinga qarshi to‘r, ayollar, erkaklar va bolalar uchun kiyim-kechaklar (sari, lungi, futbolka), ko‘rpa-to‘shak, oyoq kiyimlari, asosiy dori-darmon vositalari va mineral suv bor.

Foto: “Jahon” AA 
Foto: “Jahon” AA 
Foto: “Jahon” AA 

BQYaOJ bosh kotibi Mo‘zarul Haqning ta'kidlashicha, O‘zbekistondan yuborilgan insonparvarlik yuki juda kerakli pallada – myanmalik qochqinlar soni ancha ko‘paygan paytda keldi. Olingan yuk kamida 8000 oila yoki taxminan 50 ming qochqinning ehtiyojlarini qondirishi mumkin.

Mavzu
Myanma fojialari

O‘tib borayotgan hafta davomida Myanmada istiqomat qiluvchi kam sonli rohingya jamoalari yashaydigan 2,600 dan ortiq uylarga o‘t qo‘yildi.

Barchasi
Top