16:30 / 20.09.2017
12969

Yil jamoasiga nomzodlar ma'lum. Ularning 13 nafari «Real»dan

FIFPro (Professional futbolchilar xalqaro federatsiyasi) 25 ming futbolchi orasidan yil jamoasiga kirishga nomzod 55 futbolchini saralab oldi.

55 futbolchi 15 klubga mansub. Ro‘yxatda eng ko‘pchilikni ispaniyalik futbolchilar – 9, 7 nafardan – fransuz va braziliyalik futbolchilardir.

E'tiborli jihati, bu futbolchilarning 13 nafari Madridning «Real» klubi a'zolaridir.

Darvozabonlar: Janluiji Buffon («Yuventus»), David de Xea («Manchester Yunayted»), Keylor Navas («Real»), Manuel Noyyer («Bavariya»), Yan Oblak («Atletiko»).

Himoyachilar: David Alaba, Jyerom Boateng, Mats Xummels, Filipp Lam (barchasi – «Bavariya»), Jordi Alba, Xaver Maskerano, Jyerar Pike, Samyuel Umtiti (barchasi – «Barselona»), Tiago Silva ( «PSJ»), Dani Alves («Yuventus»/»PSJ»), Leonardo Bonuchchi («Yuventus»/»Milan»), Jorjo Kellini («Yuventus»), Daniel Karvaxal, Marselo, Serxio Ramos, Rafael Varan (barchasi – «Real»), Pepe («Real»/»Beshiktosh»), Diyego Godin («Atletiko»), David Luiz («Chelsi»), Antonio Valensiya («Manchester Yunayted»).

Yarim himoyachilar: Tiago Alkantara, Arturo Vidal (ikkisi – «Bavariya»), Serdji Buskets, Andres Inesta (ikkisi – «Barselona»), Kazemiro, Isko, Toni Kroos, Luka Modrich (barchasi – «Real»), Filippe Koutino («Liverpul»), Eden Azar, Ngolo Kante (ikkisi – «Chelsi»), Nemanya Matich («Chelsi»/»Manchester Yunayted»), Pol Pogba («Manchester Yunayted»), Mesut O‘zil («Arsenal»), Marko Verratti («PSJ»).

Hujumchilar: Garet Beyl, Karim Benzema, Krishtianu Ronaldu (barchasi – «Real»), Edinson Kavani («PSJ»), Kilian Mbappe («Monako»/»PSJ»), Neymar («Barselona»/»PSJ»), Lionel Messi, Luis Suares (ikkisi – «Barselona»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Zlatan Ibrahimovich («Manchester Yunayted»), Romelu Lukaku («Everton»/»Manchester Yunayted»), Harri Keyn («Tottenhem»), Paulo Dibala («Yuventus»), Robert Levandovski («Bavariya»), Aleksis Sanches («Arsenal»).

Top