12:35 / 20.09.2017
6613

Toshkent ta'lim muassasalarida diniy-ma'rifiy suhbatlar yo‘lga qo‘yildi

Foto: Musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi

Toshkent shahridagi barcha imom-xatiblar yangi o‘quv yilidan boshlab shahardagi barcha ta'lim muassasalar, umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida bir oyda bir marta “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostida diniy-ma'rifiy mavzularda uchrashuvlar o‘tkazishni boshlashdi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi xabar qilmoqda. 

Ushbu uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchi yoshlarga musaffo islomni yetkazish, dunyodagi yagona najot ilmu-ma'rifatning insoniyatga zarurati, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta'siridan himoya qilish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi milliy o‘zligimiz, turmush va hayot tarzimizga mutlaqo zid bo‘lgan kiyinish va xulq-atvor ko‘rinishlaridan qaytarish, yoshlarga qaratilgan turli tahdidlar, diniy aqidaparastlikka yo‘naltirilgan ta'limotlaridan ogoh etishdir.

Foto: Musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi
Foto: Musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi
Top