Almazbek Atamboyev BMTda: «2100 yilga borib Qirg‘izistondagi muzliklardan asar ham qolmaydi»
Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyev ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida chiqish qildi.
Atamboyev o‘z nutqida Qirg‘izistonda 2040 yilgacha bo‘lgan davrni o‘zida qamrab olgan uzoq muddatli Milliy strategiya ishlab chiqilganini aytib o‘tdi.
Keyingi barqaror rivojlanish uchun strategik maqsadlar quyidagilardan iborat:
- mamlakat iqtisodiyotining tezkor rivojlantirilishi, fuqarolarni munosib ish bilan ta'minlash;
- aholining iqtisodiy va ijtimoiy farovonligi ta'minlash;
- mamlakat fuqarolarining xavfsizligi va maqbul turmush sharoitlariga erishish;
- rivojlangan parlamentli demokratiya va kuchli fuqarolik jamiyati yaratish.
A.Atamboyev mintaqadagi suv muammolariga ham sessiya qatnashchilari e'tiborini qaratdi va jumladan, shunday dedi:
«Qirg‘izistondagi nafaqat Markaziy Osiyodagi, shuningdek, butun jahon miqyosida ham chuchuk suv shakllanishi hududi hisoblanuvchi muzliklarning shitob bilan erib borayotgani ham bizni juda tashvishlantirmoqda.
Prognozlarga ko‘ra, 2025 yilga borib Qirg‘iziston Respublikasidagi muzliklarning umumiy maydoni 30–40 foizga qisqaradi, o‘z-o‘zidan Markaziy Osiyoning suv ta'minoti ham 25–30 foizga qisqarishi mumkin.
2100 yilga borib Qirg‘izistondagi muzliklar butunlay yo‘q bo‘lib ketadi. Shu sababli mamlakatimiz muzliklarni asrab qolish borasidagi qo‘shma loyihalarni to‘liq yoqlaydi».
Atamboyev o‘z chiqishida, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi BMT Xavfsizlik kengashini takomillashtirish borasida zarur choralarni yoqlashini bildirib o‘tdi.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024