Sport | 20:30 / 21.09.2017
13981
4 daqiqa o‘qiladi

Oliy liga, 22-tur: «Bunyodkor» Samarqandda g‘alaba qozondi va boshqa natijalar

Bugun Oliy liga 22-turidan o‘rin olgan dastlabki uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Samarqandda «Dinamo» Toshkentning «Bunyodkor» klubini qabul qildi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Har ikki bo‘lim boshida Rustam Ashurmatov tomonidan kiritilgan gollar «qaldirg‘ochlar»ga muhim g‘alabani tortiq qildi. Qayd etib o‘tish joizki, «Dinamo» ketma-ket 9 o‘yindan beri maydonni golsiz tark etmoqda

DINAMO (Samarqand) - BUNYoDKOR (Toshkent) — 0:2 (0:1)

Gollar: Rustam Ashurmatov (3, 48)

«Dinamo»: Naumov, Loqayev, Azimov, Sulaymonov (Abdullayev, 46), Rogak, Xolmatov (Sharofutdinov, 53), Safarov, Xolmirzayev, Oraxovats, Isayev (Nikolayev, 69), Ismoilov

«Bunyodkor»: Zuhurov, Ashurmatov, Komilov, G‘ofurov, Ibrohimov, Nurmatov (Ikromov, 86), Hamdamov, Ahmadaliyev, Gadoyev (Norxonov, 74), Shukurov, Qosimov (Umirov, 67)

Hakamlar: T.To‘xtasinov (Andijon), A.Marajabov (Andijon), Z.Abduraxmonov (Andijon), R.Abduvohidov (Qarshi)

Nazoratchi: G.Imomov (Toshkent).

 

«Toshkent derbisi»da «paxtakorchi»larning qo‘li baland keldi. Maro Simich tomonidan 82-daqiqada kiritilgan yagona gol uchrashuv taqdirini hal qildi. Qayd etib o‘tish kerakki, chempionatimiz karvonboshisi ketma-ket ikkinchi o‘yinda mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rmoqda.

«LOKOMOTIV» (Toshkent) - «PAXTAKOR» (Toshkent) — 0:1 (0:0)

Gol: Marko Simich (82)

«Lokomotiv»: Nesterov, Zoteyev, Maxaradze, To‘xtaxo‘jayev, Mustafoyev, Kapadze, Aliboyev, Mirzayev, Masharipov, Blessing, Bobojonov

«Paxtakor»: Lobanov, Kozak, Simich, A'zamov, Hoshimov, Ahmedov, Griffits (Ismatullayev, 69), Nurullayev (Tojiyev, 88), Kanyuk, Bezerra, Sergeyev (Ibrohimov, 78)

Hakamlar: V.Tseytlin (Toshkent), M.Saidqosimov (Toshkent), R.Shoyaxmetov (Toshkent), D.Muxtorov (Toshkent)

Nazoratchi: A.Xotamov (Toshkent).

 

G‘uzorda jangovar durang qayd etildi. Garchi namanganliklar hisobni ochishgan bo‘lishsa-da, keyinchalik mezbonlar ketma-ket uch to‘p kiritib, uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilish imkoniyaga ega bo‘lishdi. Biroq ikkinchi bo‘lim nihoyasida urilgan ikki gol yakunda durang hisob qayd etilishini ta'minladi.

 

«ShO‘RTAN» (G‘uzor) - «NAVBAHOR» (Namangan) — 3:3 (2:1)

Gollar: Igor Taran (28), Laziz Ubaydullayev (45), Jasur Xolto‘rayev (53) — Ro‘zimboy Ahmedov (22, 86), G‘iyos Komilov (63)

«Sho‘rtan»: Turobov, Otaqulov, Ergashev, Karimov, Taran, Ubaydullayev, Jo‘raboyev, Boymatov, Xolto‘rayev, Mamadaliyev (Rahmonov, 65), Melzeddinov.

«Navbahor»: Omonov, Komilov, Qilichev, Jabborov (Maxstaliyev, 55), G‘ofurov, Aliyev, Ahmedov, Azimov (Usmonov, 18), Mehmonov (Yovanovich, 56), Stanoyevich, Turg‘unboyev.

Hakamlar: O.Tolibjonov (Toshkent), R.Serazetdinov (Toshkent), A.Burov (Buxoro), A.Shukurullayev (Toshkent)

Nazoratchi: A. Abdullayev (Toshkent).

 

Bugungi uyinlardan so‘ng poytaxt jamoalari turnir jadvalining sovrinli o‘rinlariga joylashib olishdi.


Ertaga turdan o‘rin olgan yana besh uchrashuv bo‘lib o‘tadi:

«Obod» (Toshkent) - «Nasaf» (Qarshi)

«Mash'al» (Muborak) - «Buxoro»

«Metallurg» (Bekobod) - «Qo‘qon-1912»

«Neftchi (Farg‘ona) - «So‘g‘diyona» (Jizzax)

«Qizilqum» (Navoiy) - «Olmaliq»

Mavzuga oid