12:34 / 23.09.2017
7997

Mirobodda ikki fuqaro yarim kilogrammdan ortiq marixuana bilan qo‘lga tushdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yilning 20 sentabr kuni, taxminan soat 22:00 larda, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Mirobod tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, fuqarolar B.B.A. va A.R.R.lar to‘xtatib tekshirilganda, ularning yonidan og‘irligi 630,89 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan.  Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top