23:08 / 27.09.2017
13328

YeChL. S guruhi. Ozarboyjonda tarixiy uchrashuv yakunlandi

Yevropa chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarning ikkinchi kunini tarixiy uchrashuv ochib berdi.

Ozarboyjon futboli ilk marta o‘z uyida Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichi o‘yinini qabul qildi. Unda mahalliy «Qorabog‘» jamoasi Rimning «Roma» klubini qabul qildi.

Aytish mumkinki, uchrashuv rimliklar uchun kutilganidan ancha murakkab kechdi. Jamoa avvaliga Kostas Manolas va Eden Djyekolarning gollari evaziga ikkita farq bilan hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lishiga qaramay, 28-daqiqaga kelib mezbonlar farqni bittaga qisqartirdi. Qolgan daqiqalarda jamoalar boshqa to‘p kirita olishmadi.

Natijada «Roma» 4 ochko to‘plab, guruh yetakchisiga aylanib oldi. «Qorabog‘» esa hozircha ochko jamg‘ara olmagan va so‘nggi o‘rinda qolmoqda. 

C guruhi

Qorabog‘ (Ozarboyjon) – Roma (Italiya) 1:2 (1:2)

Gollar: Pedro Enrike (28) – Manolas (7), Djyeko (15).
Qorabog‘: Shexich, Medvedev, Guseynov, Sadig‘ov, Agoli, Michel (Kintana, 88), Garayev, Madatov (Gere, 81), Rishard, Pedro Enrike (Elyunussi, 76), Ndlovu.
Roma: Alisson, Bruno Peres, Jyezus, Manolas, Kolarov, Nainggolan, Pellegrini (Strotman, 82), Gonalon (de Rossi, 67), Ash-Shaaraviy, Djyeko, Defrel (Florentsi, 58).
Ogohlantirishlar: Garayev (39), Pedro Enrike (41), Gonalon (43).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top