11:40 / 27.09.2017
5798

Mirobod tumanida fuqaro 1 kilogrammdan ortiq marixuana bilan qo‘lga tushdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yilning 22 sentabr kuni, taxminan soat 19:00larda, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Mirobod tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, fuqaro S.S. to‘xtatib tekshirilganda, uning yonidan og‘irligi 1 kilogramm 0,17 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top