19:50 / 28.09.2017
128471

Foto: Uch yettilik avtomobil raqamlari rekord summaga sotildi

Avtoraqamlar onlayn auksioni sayti — avtoraqam.uzex.uz’da bugun soat 19:07da ilk Premium klassdagi raqam rekord summaga sotildi.

14 mln. 977 ming 500 so‘m boshlang‘ich narx bilan savdoga qo‘yilgan 01 E 777 AB raqami 73 mln. 839 ming 75 so‘mga sotildi.

Bu raqamdan keyin soat 19:31 da 01 D 777 AB raqami ham shunga yaqin summada realizatsiya qilindi — 73 mln. 389 ming 750 so‘m.

73 million so‘mlik rekord ko‘p ham ushlanib turilmasligi aniq. Soat 19:44 da 01 C 777 AB raqami bo‘yicha auksion savdolari davom etmoqda. Bu avtoraqamga talabgorlar ko‘p shekilli, ushbu xabar yozilayotgan chog‘da uning narxini 81 mln. 477 ming 600 so‘mga ko‘tarishgan edi.

Top