20:30 / 02.10.2017
26670

Dunyoning eng yaxshi 9 binokli

Binokl — erkaklarning majburiy bo‘lmagan to‘plam predmeti, biroq biror narsani kuzatish kerak bo‘lgan taqdirda usiz iloj yo‘q. Aynan shuning uchun Trendymen do‘kondan xarid qilish mumkin bo‘lgan eng yaxshi to‘qqiz binokl haqida ma'lumot berdi.

Nikon 7540 Monarch 3 8×42

Nikon binokllari qatori juda keng va unda har qanday vazifani bajaruvchi uskunalar topiladi. Shunday bo‘lsa-da, agar siz Osiyo junglilariga sayohatni qilishni ko‘zlamagan bo‘lsangiz, o‘rtacha Monarch 3 modelini sotib olishingiz mumkin. Binokl suv va zarbaga chidamli bo‘lib, tashqi va ichki linzalarning yallig‘lanishiga qarshi qoplama bilan jihozlangan va bu har qanday yorug‘likdagi sharoitda ham ajoyib aniqlikni ta'minlaydi.

Foto:trendymen.ru

Bushnell Legend Ultra 10×42

Bushnell Legend Ultra binokli yovvoy tabiat manzaralari va uning kengliklari bo‘ylab sayohatga otlanganlar uchun ayni muddaodir. Binoklda ultrakeng tarmoqli qoplamadan foydalanilgan, u old tomonni orqa tomondan vizual ajratish va aniqlik darajasini yaxshilash imkonini beradi, 42 millimetr diametrli linzalar esa haqiqatda ko‘p narsani ko‘rish imkonini yaratadi.

Foto:trendymen.ru

Steiner Predator Xtreme 8×22

Barcha ekstremallarning "yoqimtoyi" bo‘lgan bu binokl ixchamlik va tasvir sifatini o‘zida jamlagan. U cho‘ntakka sig‘ib ketishiga qaramay, jiddiy uskuna hisoblanadi. Gap uning maxsus sifat tizimidadir. Undagi linzalar odatiy tunnel sxemasida emas, prizma ko‘rinishida joylashgan, bu esa minimal xatoliklar bilan tasvir maydonini kengaytirish imkonini beradi.

Foto:trendymen.ru

Celestron Skymaster Giant 15×70

Bu model avvalgisining aksi hisoblanadi va cho‘ntakka sig‘maydi. Bu binokl 70 millimetrli obektivga ega, yaqinlashtirish tizimi esa xuddi teleskopniki kabi ishlaydi. Skymaster Giant linzalari orqali oydagi kraterlarni ko‘rish mumkin yoki qarama-qarshi uydagi fitnes uskunasini batafsil tomosha qilish mumkin.

Foto:trendymen.ru

Vortex Optics Razor HD 10×42

Bunday binoklni hech ikkilanmay postapokaliptik to‘plamga kiritish mumkin: yengil, suv o‘tkazmaydigan, ajoyib tasvir sifatiga ega bu binoklga o‘z toifasida teng keladigani yo‘q. Linzalarning maxsus geometriya asosida joylashgan dielektrik qoplamasi yuqori aniqlikdagi birinchi darajali yaqinlashuv effektini yaratadi.

Foto:trendymen.ru

Steiner Tactical 6508 10×42

Bu binoklga ega bo‘lib turib, o‘rmonda dushmanni poylash o‘rniga qushlarni kuzatsangiz xato qilasiz. Bu uskuna harbiy taktik binokllar sirasiga kiradi va o‘z mavqeiga muvofiq imkoniyatlarni taklif qiladi. Zarba va suvga chidamli bu binoklning ichida dielektrik va polyarizatsion qoplamali linazalar tizimi, maqsadli masofa o‘lchagich va balandlik o‘lchagich bor.

Foto:trendymen.ru

Bushnell Night Vision 2.5×42

Oysiz tunda boyqushning nigohini ko‘rish - binokl xarid qilish uchun yaxshi sabab. Bushnell Night Vision bu vazifa uchun ayni muddao, zero u tungi ko‘rish tizimi bilan jihozlangan.

Foto:trendymen.ru

Swarovski Optik 10×42

Yengil nomlanishiga qaramay, Swarovski binokli eng avvalo professional ovchilarga mo‘ljallangan. U maqsadni, ungacha bo‘lgan masofani, o‘q uzishning ballistik trayektoriyasini belgilash tizimi va boshqa qator funksiyalarga ega. Bu mukammal mo‘ljalga oluvchi uskuna bo‘lib, ko‘rinish jihatidan ham ko‘ngildagidek.

Foto:trendymen.ru

Zeiss Victory HT 10×42

Hatto buvangiz ham Tseys binoklidan foydalanishga qarshilik qilmagan. 70 yil o‘tdi, nemis brendi esa avvalgidek yuqorida va u betakror sifatli superergonomik binokllarni taklif qiladi. Victory HT linzalari o‘rtasida azot mavjud bo‘lib, u binoklni namlik va chang-to‘zondan himoyalaydi. Zarbaga bardoshli amortizatsiya esa binoklni xizmat muddati cheklanmagan abadiy buyumga aylantiradi.

Foto:trendymen.ru

 

Top