Prezident kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun mas'ul ishchi guruhni qabul qildi

Foto: President.uz
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublikamizda ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha obektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, ichimlik suvi, issiqlik, elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz ta'minoti hamda ko‘mir yetkazib berish, maishiy chiqindilarni chiqarish, sanitar tozalash ishlarining borishi yuzasidan ayni yo‘nalishda tuzilgan ishchi guruh a'zolarini qabul qildi. Bu haqda Prezidentning Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma'lum qilingan.
O‘zAning yozishicha, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda aholiga uy-joy kommunal xizmatlari ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, uy-joy fondi va ijtimoiy obektlardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ish sifatini yuksaltirish va moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi ko‘rib chiqildi.
Prezidentimiz odamlarning kundalik hayoti, farovonligi, salomatligi va kayfiyatiga bevosita daxldor bu masalalarga doimiy e'tibor qaratib kelmoqda. Shu maqsadda davlatimiz rahbarining 2017 yil 18 apreldagi «Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tuzildi. O‘tgan davrda vazirlik tomonidan ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va ta'mirlash, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq mutasaddi vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ikkita maxsus ishchi guruh tuzildi. 1-ishchi guruh tomonidan Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida, 2-ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlaridagi holat o‘rganildi. 18 iyuldan 30 sentabrgacha davom etgan o‘rganishlarda sohadagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning har bir shahar va tumanda bajarilishi tahlil qilindi. Asosiy e'tibor ko‘p qavatli uy-joy fondi, ijtimoiy soha obektlari, ichimlik suvi, elektr energiyasi, issiqlik, tabiiy va suyultirilgan gaz ta'minoti, ko‘mir yetkazib berish, sanitar tozalash kabi masalalarga qaratildi. Joylarda aholi, mahalla faollari, ta'lim va sog‘liqni saqlash muassasalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning talab va takliflari inobatga olindi.
Yig‘ilishda ishchi guruhlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 iyundagi «Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2017/2018 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining ijrosi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda tizimli ishlar amalga oshirilgan. Markaziy qozonxonalar, isitish qozonlari, issiqlik, suv, gaz, elektr tarmoqlari ta'mirlangan.
Ko‘p qavatli uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida ishlab chiqilgan dastur asosida uylarning tom qismlari ta'mirlangan, yo‘laklar va yerto‘lalar tartibga keltirilgan. Bolalar maydonchalari qurilgan. Maishiy chiqindilar maxsus joylarga tashib ketilgan.
Ta'lim muassasalari, bolalar uylari, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy obektlarda ta'mirlash ishlari amalga oshirilgan.
Olis va tabiiy gaz yetib bormagan aholi punktlariga zarur miqdorda maishiy gaz ballonlari yetkazib berilgan.
Yig‘ilishda aholi va ijtimoiy soha muassasalarini elektr va issiqlik energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan ta'minlash, ko‘p qavatli uy-joy fondini saqlash, oqova xizmatlari ko‘rsatish borasidagi ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Bu jabhalardagi ishlarni izchil davom ettirish, barcha uy-joylar, maktab, shifoxona va boshqa ijtimoiy obektlarning kuz-qish mavsumida issiq bo‘lishini ta'minlash yuzasidan muhim vazifalar belgilanib, ishchi guruhlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
Prezidentimiz kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturlari ijrosini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish, rejalashtirilgan chora-tadbirlarni manzilli va maqsadli amalga oshirish, mablag‘lardan samarali foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llashni kengaytirish zarurligini ta'kidladi. Bu boradagi ishlarni viloyatlar va sohalar kesimida emas, mahallama-mahalla, uyma-uy amalga oshirish kerakligi qayd etildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga uy-joylar va ijtimoiy-iqtisodiy obektlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini yakunlash, aholini elektr, issiqlik, gaz, suv va boshqa hayotiy zarur vositalar bilan uzluksiz ta'minlash, odamlarning farovonligi va roziligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

11:11 / 09.05.2025
«Yuksalish» harakati ko‘p qavatli uylarni boshqarishda ko‘plab kamchiliklarni aniqladi

14:41 / 16.04.2025
Qurilish inspeksiyasi mustaqil organga aylantiriladi

21:16 / 26.03.2025
Ko‘p qavatli uylarni isitish yopiq tizimga o‘tadi. Bu qanday ishlaydi?

17:12 / 26.03.2025