19:50 / 05.10.2017
32858

Ichimlik suvi tarkibida plastik borligi ma'lum bo‘ldi

Foto: theconversation.com
Foto: theconversation.com

Qaynatilgan ichimlik suvi shunchaki krandan olingan suvga nisbatan xavfsizroq. Bu ta'kidning haqiqat ekaniga hech kim shubha qilmaydi, biroq zamonaviy ekologik sharoit har qanday aksiomalarga tuzatish kiritadi. Yaqinda tadqiqotchilar guruhi keng ko‘lamli izlanish olib borishdi. Unga ko‘ra, organizmga suv bilan birga plastik ham tushayotgani aniqlandi. Bu nafaqat plastik idishlardagi suvlarga taalluqli, balki barchasiga! 

Foto: theconversation.com

Tabiiy manbalarda plastikning mavjudligi qanday izohlanadi? Yaxshi bilamizki, mahsulotning parchalanishiga yuzlab yillar kerak bo‘ladi. Biroq yarim asr ilgari tashlangan paket, idish-tovoq, butilka, sintetik tolali kiyim va boshqa mahsulotlar tabiat qo‘ynida ekani ma'lum bo‘ldi. Bularning bari kundan-kunga parchalanib, manbaga, keyin esa - suvga tushadi. Bunda chiqindilarni yoqib tashlash ham yordam bermaydi, chunki bu ham tabiatga ziyon. 

Foto: theconversation.com

Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, barcha qit'alardan olingan ichimlik suvlarining 80 foizdan ko‘prog‘ida zaharli plastik zarrachalar bor. Boshqacha qilib aytganda, bir stakan suv ichayotganingizda organizmingizga u bilan birga turli sintetika ham tushadi. Bu moddalar hazm qilish jarayonida organizmingizga ancha salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Ushbu zarrachalarning hajmi juda kichikdek tuyulishi mumkin, biroq kuniga o‘rtacha 2-2,5 litr ichimlik suvi ichuvchi insonning yil davomida iste'mol qiladigan suvi hisoblab chiqilsa, anchagina plastik to‘planib qoladi. Bugungi kunda filtratsiyaning zamonaviy usullari suyuqlikni shunday mikroskopik tahdiddan tozalay oladi. 

Organizmga tushgan qayta ishlangan plastik zarrachasi endokrin tizimi, ichki organlar faoliyati va umuman organizmga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shunisi diqqatga sazovorki, qaynatilgandan keyin vaziyat yanada murakkablashadi. Muayyan harorat plastikka ta'sir o‘tkazib, uni toksinlar ajratishga majbur qiladi. 

Mavzuga oid
Top