23:10 / 05.10.2017
7719

Polsha amalda mundial yo‘llanmasini naqd qildi

JCh-2018 saralashi Yevropa mintaqasida 9-tur uchrashuvlari boshlandi. E guruhi yetakchisi Polsha Yerevanda Armaniston bilan o‘ynadi va yirik hisobda g‘alabaga erishdi.

Polshaliklar hujumchisi Robert Levandovski uchta gol urib, terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Grositski, Blashchikovski va Volski bittadan golga muallif bo‘ldi. Mezbonlarning yagona goli Ambartsumyan tomonidan urildi.

Bu g‘alabadan keyin Polsha ochkolari sonini 21taga yetkazdi va eng yaqin ta'qibchilari Chernogoriya hamda Daniyani 6 ochkolik farq bilan ortda qoldirmoqda. Bu terma jamoalar 9-tur uchrashuvlarini hali o‘tkazishmadi. Allaqachon yo‘llanmadan umid uzgan Armaniston 6 ochko bilan beshinchi o‘rinda.

Keyingi turda Polshani durang yoki kichik hisobdagi mag‘lubiyat ham qoniqtirishi mumkin.

C guruhida natijasi ahamiyatsiz uchrashuv o‘tkazildi. Bokuda Ozarboyjon va Chexiya terma jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuvda mehmonlar jamoasi g‘alabaga erishdi.

Avvaliga Kopits mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi, ikkinchi bo‘limda Ismailov penaltidan hisobni tenglashtirdi, 66-daqiqada Barak chexlarning g‘alaba goliga muallif bo‘ldi.

Endilikda guruhda Chexiya ochkolari sonini 12taga yetkazib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Ozarboyjon esa 10 ochkosi bilan to‘rtinchi o‘ringa tushdi. Guruhda Germaniya (24) va Shimoliy Irlandiya (19) birinchi o‘rin uchun kurash olib bormoqda.

JCh-2018 saralashi, Yevropa mintaqasi
E guruhi
9-tur

Armaniston – Polsha 1:6
Gollar: 0:1 – 2 Grositski, 0:2 – 18 Levandovski, 0:3 – 25 Levandovski, 1:3 – 39 Ambartsumyan, 1:4 – 58 Blashchikovski, 1:5 – 64 Levandovski, 1:6 – 89 Volski.
Armaniston – Meliksetyan, Kadimyan (Malakyan, 62), Oganesyan, Ambartsumyan, Barsegyan, Yedigaryan, Mxitaryan, Voskanyan, Malakyan, Koryan (Manucharyan, 66), Adamyan (Manoyan, 73).
Polsha – Shchensni, Bereshinski, Pazdan (Chonek, 85), Glik, Pishchek, Blashchikovski, Zelinski, Linetti (Monchinski, 59), Krixovyak, Grositski (Volski, 72), Levandovski.
Ogohlantirish: Manoyan (84).

C guruhi
Ozarboyjon – Chexiya 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 35 Kopits, 1:1 – 55, penalti Ismailov, 1:2 – 66 Barak.
Ozarboyjon – Agayev, Guseynov, Pashayev, Sadigov, Mirzabekov, Ismailov, Amirguliyev, Rishard, Guseynov (Madatov, 79), Gurbanov (Sheydayev, 62), Nazarov (Garayev, 67).
Chexiya –    Pavlenka, Suxi, Borjil, Brabets, Kaderjabek, Kopits, Barak, Gushbauer, Yankto, Darida (Souchek, 78), Krmenchik (Kliment, 89).
Ogohlantirishlar: Suxi (23), Gushbauer (48), Barak (57).

Top