17:50 / 06.10.2017
25973

«Real»ning sobiq futbolchisi ozodlikdan mahrum etildi

«Chelsi» va «Real» jamoalari sobiq futbolchisi, portugaliyalik himoyachi Rikardu Karvalyu yetti oyga qamaldi.

Karvalyu 2010-13 yillarda, Madrid klubi safida harakat qilgan davrda soliqlardan qochishda ayblandi, deb yozadi Football Espana.

Prokuror 39 yoshli futbolchini bir yilga ozodlikdan mahrum qilish va 300 ming yevro miqdorida jarimaga tortishni so‘radi. Sud esa Rikardoni yetti oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Jarima miqdori ham qariyb ikki barobarga kamaytirildi. Sud bu yerda Karvalyuning o‘z aybiga iqror bo‘lgani va barcha soliq summasini (545 ming yevro) qoplab berganini inobatga oldi.

Rikardu Karvalyu o‘tgan yilning oxirigacha «Monako» safida to‘p surgan, keyin esa, hamyurtimiz Odil Ahmedov ham to‘p suradigan «Shanghay SIPG» safiga o‘tgandi.

Top