Turkmanistonda Xotira kuni nishonlanmoqda
Turkmaniston bugun 1948 yil Ashxobodda sodir bo‘lgan zilzila va turkman xalqi ishtirok etgan urushlar qurbonlariga bag‘ishlangan xotira kunini nishonlamoqda.
Ashxobodda xotira marosimlari “Xalq xotirasi” memorial majmuasida bo‘lib o‘tadi. Shu yerda Ashxobod zilzilasi qurbonlariga bag‘ishlangan “Ruhiy ta'zim” yodgorligiga, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi va turkman xalqi ishtirok etgan boshqa urushlarda halok bo‘lganlarga bag‘ishlangan “Xalq o‘g‘lonlari” hamda “Adabiy sharaf” yodgorliklariga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tadi.
An'anaga ko‘ra, yodgorliklarga gullar mamlakat rahbariyati tomonidan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov boshchiligida qo‘yiladi. Berdimuhamedov zilzila paytida o‘z bobosi, Ikkinchi jahon urushi faxriysi Berdimuhammad Annayevni yo‘qotgan.
Musulmonlar urf-odatlariga ko‘ra, gullar qo‘yilgach, yodgorlik majmuasida qurbonlik keltirish marosimi o‘tkaziladi va o‘tganlar xotirasiga dasturxon yoziladi. Bunday marosimlar mamlakatning barcha hududlarida o‘tkaziladi.

1948 yilning 5 dan 6 oktabriga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan Ashxobod zilzilasi XX asrda turkman xalqi “boshiga” tushgan eng yirik tabiiy ofat hisoblanadi. Hujjatlarga ko‘ra, bu falokat natijasida shahar 98 foizga vayron bo‘lgan. Ko‘p bahs-munozaralar qurbonlar soni haqida kelib chiqqan. Bu masalaga oydinlik kiritishi mumkin bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmagan. Bir necha tadqiqotchilar 100 ming va undan ortiq odam halok bo‘lganini iddao etishadi. Bu borada Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurod Niyozov ham o‘z fikrini bildirgandi. U o‘zining “Ruhnoma” (Ma'naviyat risolasi) kitobida Ashxobodning 198 ming kishilik aholisidan zilzila paytida 176 ming odam halok bo‘lgani haqida yozgan edi.
Turkmaniston 2014 yilga qadar rasmiy ravishda ikkita motam kunini nishonlagan: 1948 yilgi Ashxobod zilzilasi qurbonlari xotirlanadigan kun va 12 yanvarda nishonlanadigan Go‘ktepa qal'asining qurbon bo‘lgan himoyachilarini (1881) yodga olish kuni. Berdimuhamedov 2014 yildagi farmoni bilan ushbu ikki sanani yagona Xotira kuniga birlashtirdi, u har yili 6 oktabr kuni nishonlanadi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Skandinaviyadagi vatandoshlar uchun o‘zbek tilidagi onlayn maktab ochildi
O‘zbekiston | 12:01
-
Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi
Jahon | 11:57
-
Samarqand AEXA milliy koordinatorlari yig‘ilishini qabul qiladi
O‘zbekiston | 11:48
-
Mers AQShning Ukrainada Rossiya urushini tugatishdagi asosiy rolini ta’kidladi
Jahon | 11:41
Mavzuga oid

17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi

18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi

14:31 / 24.04.2025
Turkman xalqining milliy yetakchisi «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

14:15 / 24.04.2025