Turkmaniston bugun 1948 yil Aşxobodda sodir bölgan zilzila va turkman xalqi iştirok etgan uruşlar qurbonlariga bağişlangan xotira kunini nişonlamoqda.

Aşxobodda xotira marosimlari “Xalq xotirasi” memorial majmuasida bölib ötadi. Şu yerda Aşxobod zilzilasi qurbonlariga bağişlangan “Ruhiy ta'zim” yodgorligiga, şuningdek, Ikkinçi jahon uruşi va turkman xalqi iştirok etgan boşqa uruşlarda halok bölganlarga bağişlangan “Xalq öğlonlari” hamda “Adabiy şaraf” yodgorliklariga gul qöyiş marosimi bölib ötadi. 

An'anaga köra, yodgorliklarga gullar mamlakat rahbariyati tomonidan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov boşçiligida qöyiladi. Berdimuhamedov zilzila paytida öz bobosi, Ikkinçi jahon uruşi faxriysi Berdimuhammad Annayevni yöqotgan.

Musulmonlar urf-odatlariga köra, gullar qöyilgaç, yodgorlik majmuasida qurbonlik keltiriş marosimi ötkaziladi va ötganlar xotirasiga dasturxon yoziladi. Bunday marosimlar mamlakatning barça hududlarida ötkaziladi.

Foto: PicQuery

1948 yilning 5 dan 6 oktabriga ötar keçasi sodir bölgan Aşxobod zilzilasi XX asrda turkman xalqi “boşiga” tuşgan eng yirik tabiiy ofat hisoblanadi. Hujjatlarga köra, bu falokat natijasida şahar 98 foizga vayron bölgan. Köp bahs-munozaralar qurbonlar soni haqida kelib çiqqan. Bu masalaga oydinlik kiritişi mumkin bölgan hujjatlar taqdim etilmagan. Bir neça tadqiqotçilar 100 ming va undan ortiq odam halok bölganini iddao etişadi. Bu borada Turkmanistonning birinçi prezidenti Saparmurod Niyozov ham öz fikrini bildirgandi. U özining “Ruhnoma” (Ma'naviyat risolasi) kitobida Aşxobodning 198 ming kişilik aholisidan zilzila paytida 176 ming odam halok bölgani haqida yozgan edi. 

Turkmaniston 2014 yilga qadar rasmiy ravişda ikkita motam kunini nişonlagan: 1948 yilgi Aşxobod zilzilasi qurbonlari xotirlanadigan kun va 12 yanvarda nişonlanadigan Göktepa qal'asining qurbon bölgan himoyaçilarini (1881) yodga oliş kuni. Berdimuhamedov 2014 yildagi farmoni bilan uşbu ikki sanani yagona Xotira kuniga birlaştirdi, u har yili 6 oktabr kuni nişonlanadi.