Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda kompyuter o‘g‘rilari ushlandi
Foto: KUN.UZ
Oltinko‘l tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida, “Alisher tekstil” mas'uliyati cheklangan jamiyat binosida sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyati fosh etildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Umumiy narxi 4 mln. 300 ming so‘m bo‘lgan 7 dona “Intel” rusumli kompyuter protsessori va 5 dona “Samsung” rusumli kompyuterlarni o‘g‘irlagan Oltinko‘l tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan A.J. va 1988 yilda tug‘ilgan S.A.lar ushlandi. Ulardan daliliy ashyo sifatida 2 dona kompyuter olindi.
Holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmokda.
Mavzuga oid
17:32 / 03.03.2026
Andijonda ta’lim mansabdorlari qimor o‘ynayotganda ushlangan
12:53 / 24.02.2026
Andijon viloyatida infratuzilma loyihalari moliyalashtirilishi kuchaytiriladi
09:42 / 14.02.2026
2025 yilda sabzavot yetishtirishda Andijon viloyati yetakchi bo‘ldi
09:19 / 14.02.2026