Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimirdagi avtohalokatdan keyin noqonuniy migratsiya bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Rossiyaning Vladimir viloyatida yuz bergan yirik yo‘l-transport hodisasidan keyin rossiyalik tergovchilar noqonuniy migratsiya bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdilar. Bu haqda Moskva hududlararo transport prokuraturasi saytida ma'lum qilindi.
6 oktabrga o‘tar kechasi Vladimir viloyati, Petushinsk tumanidagi "Pokrov" stansiyasi yaqinidagi temir yo‘l pereyezdida "Peterburg – Nijniy Novgorod" yo‘lovchi poyezdi va avtobus to‘qnashib ketgan. Avtobusda o‘zbekistonlik fuqarolar bo‘lgan. YTH oqibatida 17 kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan. 4 kishi, jumladan 2 yosh bola shifoxonaning jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
Prokuratura xabarida ta'kidlanishicha, noma'lum shaxslar O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirishini migratsiya hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tashkillashtirishgan. Ular bu "xizmatlari" evaziga har bir kishidan 5 ming rubldan olishgan.
"Shu tariqa, O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga noqonuniy kirishi, u yerda bo‘lishi, tranzit o‘tishini tashkillashtirgan shaxslar harakatlarida jinoyat – "noqonuniy migratsiyani tashkillashtirish" alomatlari mavjud", deb aytilgan xabarda.
Mavzuga oid
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026