Rossiyaning Vladimir viloyatida yuz bergan yirik yöl-transport hodisasidan keyin rossiyalik tergovçilar noqonuniy migratsiya böyiça jinoiy iş qözğatdilar. Bu haqda Moskva hududlararo transport prokuraturasi saytida ma'lum qilindi.
6 oktabrga ötar keçasi Vladimir viloyati, Petuşinsk tumanidagi "Pokrov" stansiyasi yaqinidagi temir yöl pereyezdida "Peterburg – Nijniy Novgorod" yölovçi poyezdi va avtobus töqnaşib ketgan. Avtobusda özbekistonlik fuqarolar bölgan. YTH oqibatida 17 kişi, jumladan bir bola halok bölgan. 4 kişi, jumladan 2 yoş bola şifoxonaning jonlantiriş bölimida qolmoqda.
Prokuratura xabarida ta'kidlanişiça, noma'lum şaxslar Özbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirişini migratsiya hujjatlarini rasmiylaştirmasdan taşkillaştirişgan. Ular bu "xizmatlari" evaziga har bir kişidan 5 ming rubldan olişgan.
"Şu tariqa, Özbekiston fuqarolarining Rossiyaga noqonuniy kirişi, u yerda bölişi, tranzit ötişini taşkillaştirgan şaxslar harakatlarida jinoyat – "noqonuniy migratsiyani taşkillaştiriş" alomatlari mavjud", deb aytilgan xabarda.













