02:39 / 07.10.2017
16871

Turkiya o‘z maydonida yengildi va JCh-2018 yo‘llanmasidan amalda mahrum bo‘ldi

Foto: Anadolu

2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash bosqichining I guruhida peshqadamlik qilayotgan Islandiya Turkiya maydoniga safar qildi. Uchrashuv mehmonlar 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yinning 32-daqiqasida Gudmundsson hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 7 daqiqa o‘tgach, Byarnason hisobni oshirdi. O‘yindagi so‘nggi gol 49-daqiqada Arnason tomonidan kiritildi. 

Guruh autsayderi Kosovo o‘z maydonida Ukraina qabul qilib, navbatdagi mag‘lubiyatga uchradi. 60-daqiqada mezbonlar futbolchisi Pakyarada avtogol muallifiga aylangan bo‘lsa, 87-daqiqada Yarmolenko ishonchli g‘alabani ta'minladi. 

Guruh peshqadamiga da'vogarlardan biri Xorvatiya terma jamoasi o‘z maydonida kutilmaganda Finlyandiya bilan durang o‘ynab, o‘zining jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatlarini tushirib yubordi. 

1:1 hisobida yakunlan o‘yinda mezbonlar tarkibida Manjukich 57-daqiqada gol kiritgan bo‘lsa, mehmonlar o‘yinning so‘nggi daqiqalarida Soyrining aniq zarbasi evaziga hisobni tenglashtira oldi. 

I guruhi

Turkiya – Islandiya 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 32 Gudmundsson, 0:2 – 39 Byarnason, 0:3 – 49 Arnason.
Turkiya – Babadjan, Seyundjyu, Erkin, Ayxan, Shaxin (Tufan, 46), Belezoglu (Malli, 78), Oz'yakup, Topal, Turan (Mor, 60), Yylmaz, Tosun.
Islandiya – Xalldoursson, Sigurdsson, Magnusson, Sevarsson, Arnason, Gudmundsson (Skulason, 82), Gunnarsson (Ingason, 65), Sigurdsson, Byarnason, Bedvarsson, Finnbogason (Skulason, 78).
Ogohlantirishlar: Gudmundsson (16), Seyundjyu (40), Turan (45), Erkin (79).

Kosovo – Ukraina 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 60, avtogol Pakyarada, 0:2 – 87 Yarmolenko.
Kosovo – Uykani, Rraxmani, Voyvoda, Pakyarada, Yashanitsa, Musoli (Kastrati, 83), Xalimi, Rashitsa, Kryuezyu (Rashani, 53), Tselina, Muriki (Nuxiu, 70).
Ukraina – Pyatov, Xacheridi, Ordets, Matviyenko, Karavayev, Rotan (Stepanenko, 63), Sidorchuk, Konoplyanka (Buyalskiy, 88), Garmash, Yarmolenko, Kravets (Marlos, 46).
Ogohlantirishlar: Kravets (42), Kryuezyu (45), Ordets (55), Xalimi (86).

Xorvatiya – Finlyandiya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 57 Manjukich, 1:1 – 90 Soyri.
Xorvatiya – Subashich, Mitrovich, Vida, Vrsalko, Pivarich, Brozovich (Rog, 54), Modrich, Rakitich, Perishich, Manjukich (Pashalich, 86), Kramarich (Chop, 81).
Finlyandiya – Gradetski, Arayuuri, Oyala, Moysander, Granlund, Sparv, Xetemay (Soyri, 80), Xyamyalyaynen, Shyuller (Pukki, 69), Skrabb, Poxyanpalo.
Ogohlantirishlar: Xetemay (75), Rog (89).

Mavzuga oid
Top