Vladimir avtohalokati qurbonlari va jabrlanuvchilari O‘zbekistonga olib kelindi

Foto: uzbekistan24.uz
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy-transport samolyoti 8 oktabr tongida 6 oktabr kuni Rossiyaning Vladimir viloyati Pokrov tumanida ro‘y bergan YTH ishtirokchilarini O‘zbekistonga qaytardi.
«O‘zbekistan 24» telekanali bergan xabarga ko‘ra, Vladimir viloyatidagi 36 nafar o‘zbekistonlik hamda ularning qarindoshlari bo‘lgan 5 kishi bugun erta tongda vatanga qaytib kelishgan. Shuningdek, 15 nafar fuqaroning jasadi ham Surxondaryoga olib kelinib, 22 nafar surxondaryolik Termizda qolgan, samolyot esa Toshkentga yo‘l olgan.
Avtohalokat 6 oktabr Moskva vaqti bilan soat 03:30larda Vladimir viloyatidagi temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. YTHda temir yo‘l izlaridan o‘tish joyida to‘xtab qolgan avtobusga poyezd kelib urilgan.
Shu kuni O‘zbekiston hukumati qaroriga ko‘ra, yordam ko‘rsatish va jabrlanganlarni olib ketish uchun Vladimir viloyatiga maxsus samolyot va mutaxassislar yuborilgandi.

Ayni vaqtda YTH oqibatida og‘ir jarohat olgan 3 nafar o‘zbekistonlik Vladimir viloyatida davolanishda bo‘lib turibdi. Ularning ahvoli doimiy nazoratda va ular sog‘ligi yaxshilangach, vatanga qaytadi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi
Jahon | 01:12
-
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar
Jahon | 00:45
-
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi
Jahon | 23:43 / 21.05.2025
Mavzuga oid

11:10 / 26.12.2024
Vladimir oblastida haydovchi harbiy komissarlikka borib urildi

14:42 / 10.12.2024
RF Ukrainaga Il-76 qulashida halok bo‘lganlar jasadini topshirdi

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024