Özbekiston Mudofaa vazirligi harbiy-transport samolyoti 8 oktabr tongida 6 oktabr kuni Rossiyaning Vladimir viloyati Pokrov tumanida röy bergan YTH iştirokçilarini Özbekistonga qaytardi.
«Özbekistan 24» telekanali bergan xabarga köra, Vladimir viloyatidagi 36 nafar özbekistonlik hamda ularning qarindoşlari bölgan 5 kişi bugun erta tongda vatanga qaytib kelişgan. Şuningdek, 15 nafar fuqaroning jasadi ham Surxondaryoga olib kelinib, 22 nafar surxondaryolik Termizda qolgan, samolyot esa Toşkentga yöl olgan.
Avtohalokat 6 oktabr Moskva vaqti bilan soat 03:30larda Vladimir viloyatidagi temir yöl kesişmasida sodir bölgan. YTHda temir yöl izlaridan ötiş joyida töxtab qolgan avtobusga poyezd kelib urilgan.
Şu kuni Özbekiston hukumati qaroriga köra, yordam körsatiş va jabrlanganlarni olib ketiş uçun Vladimir viloyatiga maxsus samolyot va mutaxassislar yuborilgandi.

Ayni vaqtda YTH oqibatida oğir jarohat olgan 3 nafar özbekistonlik Vladimir viloyatida davolanişda bölib turibdi. Ularning ahvoli doimiy nazoratda va ular soğligi yaxşilangaç, vatanga qaytadi.













