Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyev MDH davlatlari rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortdi
Foto: President.kg
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev MDH davlatlari rahbarlarining Sochi shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishiga tashrifini bekor qildi. Bu haqda Qirg‘iziston rahbari sayti xabar tarqatgan.
Mamlakat prezidenti devoni esa Atamboyevning bunday qarorga kelishiga nima sabab bo‘lgani yuzasidan aniqlik kiritdi.
Davlat rahbari 10-11 oktabr kunlari MDH davlatlari rahbarlarining Kengashi va Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashi yig‘ilishlarida ishtirok etishi lozim edi.
Qayd etilishicha, prezident alohida siyosatchilar tomonidan jinoyatchilarni jalb etgan holda, shuningdek, bunday siyosatchilarni xorijdan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali saylovlar kunida ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarishga tayyorgarlik ko‘rishga oid dalillar aniqlangani tufayli o‘zining amaliy tashrifini bekor qilishga qaror qildi. U mamlakatdagi tartib va xavfsizlikni shaxsan nazorat qilmoqchi.
Atamboyevning o‘rniga yuqoridagi yig‘ilishlarda Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isoqov boshchiligidagi delegatsiya qatnashadi.
Mavzuga oid
08:30 / 20.01.2026
Moldova MDHdan chiqish jarayonini boshladi
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
17:48 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
09:45 / 17.10.2025