18:20 / 09.10.2017
11831

«Oltin to‘p»ga da'vogar 15 nafar futbolchi nomi ma'lum bo‘ldi

Foto: Sky Sports

France Football nashri 2017 yilning «Oltin to‘p» sovrini uchun da'vogarlarni e'lon qilishda davom etmoqda.

Ayni paytda, 15 nafar futbolchining ismi sharifi ma'lum qilindi.

Ular: Neymar («PSJ»), Luka Modrich, Marselo, Serxio Ramos (barchasi – «Real»), Paulo Dibala («Yuventus»), Ngolo Kante («Chelsi»), Luis Suares («Barselona»), Filippe Koutino («Liverpul»), Yan Oblak («Atletiko»), Dris Mertens («Napoli»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), David De Xea («Manchester Yunayted»), Robert Levandovski («Bavariya»), Harri Keyn («Tottenxem»), Edin Djyeko («Roma»).

Ta'kidlash joizki, asosiy ro‘yxatdan 30 nafar futbolchi joy oladi. Ulardan faqat bir nafari nufuzli sovrinni qo‘lga kiritadi. Nomzodlar kun davomida e'lon qilib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p»ning amaldagi sohibi «Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sanaladi.

Mavzuga oid
Top