12:54 / 14.10.2017
40846

"O‘zbekoziqovqatxolding"da mosh xaridi avjida

Foto: Wikipedia

5 oktabr kuni "O‘zbekoziqovqatxolding" XK tomonidan mosh xaridi bo‘yicha e'lon qilingan kampaniya mahalliy ishlab chiqaruvchilarda jiddiy qiziqish uyg‘otdi. Har kuni xoldingning qaynoq liniyasiga dehqon va fermerlardan yuzlab qo‘ng‘iroqlar kelib tushmoqda.

Kompaniyaning mas'ul xodimlari barcha savollarga har tomonlama va batafsil javob berishmoqda.

Xarid standartlari bo‘yicha qisqa ma'lumot:

  • tozalik - 99 foiz;
  • namlik - 11 foiz;
  • begona aralashmalar (toshlar, yot jismlar) - 1 foiz;
  • bir xillik (rangi bo‘yicha) - 98 foiz;
  • qadoq - 25-50 kilogrammli qoplarda.

Yuqoridagi talablarga javob beruvchi mosh quyidagi tartibga muvofiq xarid qilinadi:

  • 1-toifa (2,5-3 mm) – 3000 so‘m/kg;
  • 2-toifa (3-3,5 mm) – 3500 so‘m/kg;
  • 3-toifa (3,5 mm) – 4000 so‘m/kg;

"O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi sizga mosh hosilingizni sotishga yordam beradi, hatto uning xususiyatlari boshqacha bo‘lsa ham.

Xoldingning qo‘llab-quvvatlash xizmati mutaxassislari quyidagi telefon raqamlari orqali tun-u kun qo‘ng‘iroqlaringizni kutib qolishadi: + 99871 255 46 45

E-mail: marketing@uzagroexport.uz

"O‘zbekoziqovqatxolding" XKga moshingizni soting va o‘z foydangizga ega bo‘ling!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top