11:40 / 15.10.2017
19099

Statistika. Messida bunday yomon ko‘rsatkich bir yildan buyon bo‘lmagan

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatida safar uchrashuvlarida gol ura olmayapti. 16 sentabr kuni argentinalik futbolchi «Xetafe»ga (2:1), 23 sentabr kuni — «Jirona»ga qarshi kechgan (3:0) safra o‘yinlarida gol ura olmagandi. U 14 oktabr kuni Madridda «Atletiko»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan o‘yinda ham maydonni golsiz tark etdi.

Messi bunday noxush seriyani bir yil oldin qayd etgandi. U 2016 yil 30 aprelida  «Betis» darvozasini ishg‘ol eta olmagandi (2:0). U shuningdek, 14 may kuni «Granada»ga (3:0), 28 avgust kuni — «Atletik»ka qarshi o‘yinlarda (1:0) gol urmagan.

28 oktabr kuni «Barselona» Primeraning 10-turida «Atletik»ka qarshi o‘ynaydi.

Mavzuga oid
Top